Qoʻshni davlatlardan oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish uchun ariza berish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

16:38 11 Fevral 2020 Jamiyat
2233 0

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qoʻshni davlatlar (Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston)dagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi.

Qoʻshni davlatlar (Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston) oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan koʻplab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020-yil 15-martga qadar uzaytirildi.

Respublikaning barcha hududlarida bittadan oliy taʼlim muassasasida Hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Talabgorlar 2020-yil 15-martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ariza (joyida toʻldiriladi);
  • reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma (transkript) nusxasi;
  • pasport nusxasi.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolar tomonidan Hududiy ishchi guruhlarga zarur hujjatlar toʻgʻri va toʻliq holatda taqdim etilganda, soʻzsiz qabul qilinadi.

Oʻqishni koʻchirishda hech qanday imtihon boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер