Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

19:56 09 Mart 2020 Jamiyat
23941 0

Oliy va oʻrta maxsus vazirligi tomonidan fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yana bir interaktiv xizmat ishga tushirildi.

https://natija.edu.uz tizimi qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilganlar toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

Hozirda test rejimida ishlayotgan tizim yordamida joriy yilning 7-fevralidan 15-fevraligacha ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar oʻz natijalarini bilishlari mumkin. Buning uchun fuqaroning pasporti seriyasi va raqami kiritilishi kifoya.

Keyinchalik mazkur tizim faoliyati takomillashtirilib, Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun arizalarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qoʻshni davlatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha ariza topshirishga ruxsat berilgan edi.

(https://t.me/eduuz/1836)Arizalar 2020-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер