Qoʻriqlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Qonun maʼqullandi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qoʻriqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Mazkur hujjat jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar va tashkilotlarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirishga qaratilganligi taʼkidlandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Xususan, ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarni, jumladan jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, noqonuniy ov qilish, daraxtlarni kesish va boshqa ekologik qoidabuzarliklarni koʻrib chiqish vakolati Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining masʼul xodimlariga berilmoqda.
Shuningdek, qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ruxsatnoma berish vakolatini Ichki ishlar vazirligiga oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlari uchun esa xabardor qilish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Muhokamada soʻzga chiqqanlar ushbu Qonun jamoat xavfsizligini mustahkamlash, aholi tinchligi va “Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyilini amalda taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunda xavfsizlikni taʼminlashda jazolashga emas, balki profilaktikaga hamda jamoat tartibi, profilaktika va qoʻriqlash faoliyati yagona tizim sifatida samarali ishlashiga ustuvor ahamiyat beriladi.
Senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring