4 nafar talabaning shartnoma puli toʻlab berildi

13:34 02 Fevral 2021 Jamiyat
678 0

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Iftixor” mahallasida istiqomat qiluvchi Feruzaxon Qoraqoʻziyevannig 3 nafar farzandi oliy taʼlim muassasasida tahsil olishadi. Bu quvonarli, albatta! Biroq, ularning oʻqishlari uchun shartnoma pulini toʻlash, kunlik xarajatlarini qoplashning oʻzi boʻlmaydi.

— Kutilmaganda tuman hokimligi tomonidan farzandim Nurillo Abdurashidovning bir yillik 9 million 510 ming 620 soʻm shartnoma puli toʻlab berildi, — deydi Feruzaxon sevinchini yashira olmay. — Bu eʼtibor bizning farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasidagi masʼuliyatimizni yana-da oshiradi.

Qoʻrgʻontepa tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tarkibiga kiritilgan hamyurtlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi bu kabi ishlar natijasida jami 4 nafar talabaning yillik shartnoma puli institutlar hisob raqamiga oʻtkazib berildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер