Qoraqalpoq oʻtovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi (+foto)
Foto: Turizm qo`mitasi
Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat. Bu esa rekordlar kitobiga kirish uchun yetarli boʻldi.

Qayd etilishicha, 22-avgust kuni “Oq qush” majmuasida Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazilgan.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring