Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi quriladi
Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan.
Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) oʻrnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi oʻzgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring