Qoraqalpogʻistonda tibbiyot instituti tashkil etildi
Foto: www.google.com
“Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4958-son, 14.02.2020-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Orolboʻyi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida quyidagilar tashkil etildi:
* Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti;
* Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi.
Uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir.
Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekistonning OTMlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Institut klinikasi muassisi institut hisoblanadi hamda uning faoliyati institut tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Institut va institut klinikasi – yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, tegishlicha davlat OTMsi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yoʻli orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra, sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring