Qoraqalpogʻistonda birdaniga uchta hokim oʻzgardi
Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U.Panayev shu vaqtga qadar “Titan sement” MCHJ Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri “Titan DSZ” MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.
Qoraoʻzak tumaniga Utambetov Uzaqbergen hokim etib tayinlandi.
U.Utambetov avval Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi.
U bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring