Qoraqalpogʻistonda 440 bosh qoʻy-echki yonib ketdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa” ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qoʻra 440 bosh qoʻy-qoʻzisi va echki-ulogʻi bilan nomaʼlum sabablarga koʻra yonib ketdi.
Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasiga tayanib OʻzA xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Ellikqalʼa tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga koʻra, jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring