Qoraqalpogʻistonda 2592 kg qizilmiya oʻsimligiga shikast yetkazildi

15:25 07 Sentyabr 2023 Jamiyat
583 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qonlikoʻl tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Oʻrganish natijasida “Altinkoʻl” OFY hududidagi fermer xoʻjaligi yerida Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi fuqaro R.F. tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz (shartnomasiz) 2592 kg qizilmiya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotganligi aniqlandi. 

Shuningdek, oʻsimlik dunyosiga 8 million 553 ming 600 soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер