Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Foto: soliqnews
Qoraqalpogʻiston Resbulikasi Davlat soliq boshqarmasi Bekchanov Xalmurza Tursinbayevich yangi rahbar etib tayinlandi. U Kallibek Xalmuratov oʻrnini egalladi.
Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Xalmurza Bekchanov ushbu tayinlovgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kenesining byudjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan.
Bekchanov 1971-yilda Nukusda tugʻilgan. 1994-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Bekchanov, shuningdek, 2009-yilda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring