Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari oʻrganilmoqda

10:53 29 Avgust 2023 Jamiyat
365 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targʻib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini koʻrsatmoqda. Shuning uchun 2022-yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka tumanlaridan biri boʻlgan Boʻzatov tumanida oʻtkazildi.

Tadbirda mahalla faollari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad davlatimizda ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar ayniqsa, aholi bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va bepul yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishdan iborat.

Tadbir soʻngida Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabul oʻtkazildi. 

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash maqsadida tumandagi boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi Bunda fuqarolar oʻzlariga qulay ish oʻrinlari bilan tanishishdi. Mehnat yarmarkasida 12 nafar fuqaroga ishga joylashtirish boʻyicha tegishli tashkilotlarga yoʻllanmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер