Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi — DXX

13:12 25 Noyabr 2023 Jamiyat
326 0

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departament hamda ichki ishlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi, 1975-y.t., muqaddam sudlangan shaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadida ajratilgan Toʻrtkoʻl tumanidagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Oqdaryo tumanida yashovchi, 1984-y.t., tumandagi oʻzi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xoʻjaliklaridan biriga tegishli 20 sotix yer maydonini 40 ming AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, mazkur pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning hududiy boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va tuman ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda faol tadbir oʻtkazildi.

Unda Fargʻona tumani yashovchi, 1967-y.t. fuqaro mazkur tumanda joylashgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming AQSH dollariga sotishni hamda ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Natijada, u mazkur yer maydoni uchun pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер