Qorako‘l tumanidagi Eski qal’a mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Muruvvat uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Mamlakatimizda yangilanayotgan Konstitusiyani qabul qilish bo‘yicha umumxalq referendumi arafasida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun ushbu siyosiy-huquqiy jarayonlar mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazishni maqsad qilgan bir guruh olimlar, ziyolilar va elimiz suygan san’atkorlar azim poytaxtimizdan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Qorako‘l tumanidagi Eski qal’a mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan Muruvvat uyida "Ma’naviyat festivali" doirasida o‘tkazilayotgan "Xalq konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida "O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirda tarix fanlari doktori, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Abduhalil Mavrulov, Tarix fanlar doktori, professor, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Dilorom Bobojonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Abdulla Shomag‘rubov, Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati, a’zosi, shoir Ro‘zimurod Mahmud hamda mahalla mac’ullari, nuroniy otaxon va onaxonlar, soha xodimlari faol yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan Konstitusiyada ko‘zda tutilgan inson huquqlari haqida aytib o‘tib o‘tishdi. Tadbir so‘ngida Muruvvat uyiga sovg‘alar topshirildi.






Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring