“Qora tuynuk” sirini ochganlar joriy yilda Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi
Buyuk Britaniyadagi Oksford universitetidan Rojer Penrouz, AQSHning Kaliforniya universitetidan Andrea Gez va Germaniyaning Maks Plank nomidagi yerdan tashqaridagi fizika institutidan Reynxard Gensel joriy yilda fizika bo'yicha Nobel mukofoti laureatlari deb topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ular koinotdagi “qora tuynuk” sirlarini ochish yoʻlida uzoq yillar davomida izlanishlar va tadqiqotlar olib borishgan. Mana shunday fidoyilik ularga shuhrat keltirdi.
Xususan, britaniyalik R.Penrouz 1960-yillarda nisbiylik nazariyasi asosida olib borgan tadqiqotlari natijasida “qora tuynuk”ning asosiy xususiyatlari haqida koʻp fikrlar bildirgan. Masalan, 1969-yilda mashhur astrofizik Stiven Xoking bilan “qora tuynuk” ichidagi materiya nuqtada cheksiz zichlikkacha siqilishini isbotlagan.
Amerikalik olima Andrea Gez va germaniyalik Reynxard Gensel esa bir-birlaridan mustaqil tarzda zamonaviy astronomik vositalardan foydalangan holda galaktikamiz markazida oʻta ulkan “qora tuynuk” mavjudligini isbotlashgan.
Ularning mazkur ishlari esa Penrouzning xulosalarini yana bir bor tasdiqlab berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring