Qoʻqonda Koreya texnologiyasi asosida koʻp qavatli uylar quriladi

14:25 14 Fevral 2022 Jamiyat
840 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Janubiy Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.» kompaniyasi tomonidan 52 gektar maydonda zamonaviy turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan videomuloqotda loyiha tashabbuskori va yordamchi korxonalari boʻlgan “Hanshin Engineering & Construction”, “HPC Development & Investment”, “Plus International”, “Eurasia Networks” taʼsischilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi masʼullari ham ishtirok etdi.

Samimiy muloqotda Fargʻona vodiysining turistik markazlaridan biri – latif shahar Qoʻqonda Koreya texnologiyasi asosida barpo etilishi rejalashtirilayotgan turar-joy majmuasi loyihasi boʻyicha vazirliklar, Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda Koreyaning nufuzli kompaniyalari oʻzaro hamkorlikda ishlash hamda maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер