Qoʻqon shahrida joylashgan bozorda katta yongʻin sodir boʻldi – FVV
Illyustrativ foto
Joriy yilning 12-iyun kuni soat 19:17 da Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Baynalminal koʻchasida joylashgan “Buyuk ipak yoʻli” savdo kompleks hududidagi doʻkon rastalarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin oʻchirilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yongʻin qurshab olingan, ayni vaqtda yongʻinni batamom oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring