Qoʻqon shahrida tabiiy gaz hajmini nazorat qilishda yangi tizim yaratilmoqda

15:23 10 Noyabr 2023 Jamiyat
233 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Qoʻqon shahrida isteʼmolchilarni toʻliq avtomatlashgan nazorat elektron gaz hisoblagichlari bilan taʼminlash, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qoʻyish, tabiiy gazdan boʻlgan debitorlik qarzdorligini bartaraf etish boʻyicha keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ayni jarayonda shaharda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilayotgan tabiiy gaz hajmini nazorat qilish boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy etilayotir.

Unga koʻra, birinchi bosqichda shahardagi tabiiy gaz taʼminotini nazorat qilish tizimi 4 ta hududga boʻlinadi. Shu tariqa asossiz yoʻqotishlar aniqlangan hudud yanada kichik hududlarga boʻlinib, noqonuniy ulanishlar va quvurlardagi nosozliklar aniqlanadi. Oʻz navbatida mutaxassislardan iborat tezkor guruh tomonidan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻriladi.

— Bundan buyon tabiiy gazdan foydalanish borasidagi har bir jarayon sektorlar tomonidan jiddiy oʻrganib boriladi, — deydi Qoʻqon shahar prokurori Ulugʻbek Hamdamov. — Bu borada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan fuqarolar va ushbu hatti-harakatlarni amalga oshirishga koʻmaklashgan gaz idorasi xodimlariga qatʼiy choralar koʻriladi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер