Joriy yilning 18 – 21-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Yoshlar hukumatlari uyushmasi, Nijniy Novgorod viloyatining Yoshlar hukumati va Nijniy Novgorod viloyati hukumatining korporativ universiteti tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar qarorlari” keys-chempionatining yarim final va final bosqichlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur keys-chempionatida turli davlatlardan jami 102 ta jamoa, mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Shahnoza Joldasova, aʼzolari Elbek Nurmatov, Nodirbek Murodov, Otabek Shavkatov va Asqarjon Rahmatjonovdan iborat “Renessans” jamoasi ham birinchi bosqichdan boshlab mazkur tadbirda yoshlarga oid davlat siyosati, davlat boshqaruvi tizimi masalalariga taalluqli boʻlgan loyihalari bilan ishtirok etib, yarim final bosqichiga yoʻllanma oldi.
Nijniy Novgorodda oʻtkazilgan keys-chempionatida Oʻzbekiston yoshlari nomidan qatnashgan Yoshlar parlamenti aʼzolari yarim final bosqichida ishtirok etgan 20 ta jamoa ichidan munosib deb topilib, eng kuchli 10 ta jamoa tarkibidan 5-oʻrinni egallab, final bosqichi tanlovida 3-oʻringa sazovor deb topildi. Ular kubok va diplom bilan taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring