Qonun loyihasi sudlarda ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga xizmat qiladi

19:31 22 May 2023 Siyosat
616 0

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida ham “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirildi.

Sud ishlarini yuritish jarayonida huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish natijalariga koʻra yangi institutlar joriy etildi, fuqarolar huquqlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi.

Mazkur qonun loyihasidagi normalar sudyalarning masʼuliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ortiqcha sarsongarchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi.

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasining qabul qilinishi jamiyatda adolatga, qonun ustuvorligigiga ishonch hissi yuksalishiga xizmat qilishini qayd etib, uni maʼqulladilar.

Muhokamalarga boy boʻlgan yigʻilishda Hisob palatasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham atroflicha muhokama qilinib va qoʻllab-quvvatlandi.

Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar koʻrib chiqildi va tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер