Qonun loyihasi nega tashabbuskor subyektga qaytarildi?

13:10 23 May 2023 Siyosat
521 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan masalalarni “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Xususan Oʻzbekston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 360-moddasi talablariga muvofiq ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadigan xodimlarning toifasi kengaytirilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasining talablariga muvofiqlashtirilmoqda.

Majlisda qonun loyihasidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uni tashabbuskor subyektga qaytarish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер