Qoʻngʻirot va Xonqada ogʻufurushlar qoʻlga olindi

13:11 31 May 2024 Jamiyat
252 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumani va Xorazm viloyatining Xonqa tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishing oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “Q.S.” MCHJga qarashli doʻkon sotuvchisi J.R. fuqaro G.B.ga jami 15 quti “Reduksin layt” va “Goryachiy peres” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro J.R.dan umumiy qiymati 15,3 mln soʻmlik jami 818 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “J.Oʻ.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi N.O. hech qanday hujjatsiz jami 50 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini Q.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер