Qoʻmitaning 25 nafar mansabdoriga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi

15:26 12 Dekabr 2022 Jamiyat
493 0

Biznes-ombudsman tomonidan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik ijrosi hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida Inspeksiya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari tomonidan 312 ta holatda tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Janubiy mintaqaviy inspeksiya xodimlari 3 ta holatda oʻtkazgan tekshiruvi Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.

Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy inspeksiyasida 24 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 17 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyasida 1 ta holatda oʻtkazilgan tekshirishlarda “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” Nizom talabiga rioya etilmagan.

Masalan, inspeksiyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan tadbirkor faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruv yakuni boʻyicha maʼlumotlar belgilangan muddatda yagona tizimga kiritilmagan.

Xuddi shu kabi qonunbuzilish 41 ta oʻtkazilgan tekshirishlarda ham takrorlangan.

Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy inspeksiyasida 90 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 19 ta, Fargʻona mintaqaviy inspeksiyasida 26 ta, Janubiy mintaqaviy inspeksiyasida 13 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyasida 2 ta jami 150 ta holatda yuqorida belgilangan Nizom talablariga rioya etilmagan.

Masalan, Fargʻona mintaqaviy inspeksiyaning inspektori tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruv vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda oʻtkazilishi lozim boʻlsada, inspeksiya tomonidan vakolatli organni xabardor qilib tadbirkorlik subyektida tekshirish oʻtkazgan.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi belgilangan.

Inspeksiya xodimlari 11 ta murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqmagan.

Inspeksiyada 2 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 4 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyasida 5 ta holatda belgilangan muddatlarda murojaatlarga javob xati berilishiga rioya etilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son va 2022-yil 25-martdagi 133-son qarorlari talablariga koʻra, Qoʻmita va Inspeksiya tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Oʻrganish davomida davlat xizmatlari “Litsenziya” axborot tizimi orqali emas, balki anʼanaviy tarzda, yaʼni qogʻoz shaklda toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilayotganligi maʼlum boʻldi.

Qayd etilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 25 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan, 18 nafar xodimga nisbatan MJtKning 2412-moddasi, 7 nafar xodimga nisbatan MJtKning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Oʻrganish yakuni boʻyicha sohada qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida Qoʻmita rahbariga taqdimnoma kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер