Qoʻmita aʼzolari tomonidan 23 ta deputat soʻrovi yuborildi
2022-yil 12-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan “2021-yil sarhisobi: mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligini taʼminlashning muhim yoʻnalishi”
Taʼkidlanganidek, qoʻmita tomonidan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bank-moliya sohasini liberallashtirish va Davlat byudjeti tizimini isloh qilish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Jumladan, qoʻmita qonun ijodkorligi yoʻnalishida 25 ta qonun loyihasi uchun masʼul boʻldi. Shuningdek, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xususiy mulk daxlsizligi taʼminlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasidagi masalalarning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 3 ta ilgari mavjud boʻlmagan qonun, 8 ta yaxlit qonun ustida ish olib bordi.
Qoʻmita tomonidan qonunlar va qonunosti hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat-tahlil tartibida oʻrganish hamda oʻrganishlar yakunlari boʻyicha davlat va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining axborotini eshitishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, nazorat-tahlil faoliyati doirasida 19 ta tadbir oʻtkazildi. Ulardan 16
Matbuot anjumanida qayd etilganidek, qoʻmita tomonidan saylovchilar tomonidan koʻtarilayotgan masalalar va joylarda olib borilayotgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchilik hamda muammolarga mutasaddilar eʼtiborini qaratgan holda hal etishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Xususan, 2021-yilda qoʻmita tashabbusi bilan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtayi nazarini bayon etish talabi bilan davlat va boshqaruv organlari mansabdor shaxslariga 2 ta parlament soʻrovi joʻnatilgan.
Shu bilan birga, qoʻmita aʼzolari tomonidan mansabdor shaxslarga saylovchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan jami 23 ta deputat soʻrovi yuborildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganish hamda ularni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Shunga koʻra, qoʻmita nomiga kelib tushgan jami 526 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqildi va ularning aksariyati oʻz yechimini topdi. Shuningdek, qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari va qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirib borish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Tadbirda jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring