Qoʻmita aralashuvi bilan Misr loukosteri Toshkentga reyslarni amalga oshirish huquqiga ega boʻldi

11:18 08 Avgust 2019 Jamiyat
1013 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aralashuvidan soʻng Misrning Nile Air loukosteri “Sharm-el-sheyx –Toshkent - Sharm-el-sheyx” yoʻnalishida reyslarni amalga oshirish uchun slotlarga ega boʻldi.

Maʼlumot uchun, slot bu samolyotlarni belgilangan muddatda qoʻnish yoki joʻnab ketishi uchun aeroport tomonidan ajratilgan vaqt hisoblanai.

Yaʼni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aralashuvidan soʻng Misr aviakompaniyasiga slotlar ajratishga rozi boʻldi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Nile Air vakili “Sharm-el-sheyx –Toshkent - Sharm-el-sheyx” yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirish uchun slotlar olishga koʻmak berishni soʻrab murojaat yoʻllagan. 

Shu paytgacha mazkur yoʻnalishda Misrning AlMasria aviakompaniyasi yagona hisoblanar edi.

Misr tomonidan ushbu yoʻnalishda yana bir tashuvchi etib tayinlangan Nile Airʻning “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ga yoʻllagan murojaati ijobiy hal etilmagan.

30-iyul kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi unga Transport vazirligida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK vakillari bilan uchrashish imkoniyatini yaratib berdi. Oʻzaro muloqotda Nile Airʻga mazkur yoʻnalishda sogʻlom raqobatni rivojlantirish uchun reyslarga slot taqdim etish masalasi muhokama qilindi. Yakunda slot berish maʼqullandi. Nile Air oʻz parvozlarini 21-avgustdan boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер