Qoʻy sutining inson salomatligi uchun foydali jihatlarini bilasizmi?

14:09 25 May 2022 Jamiyat
2482 0

Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistri Mahliyo Turdimurodova mazkur universitet dotsenti Bahriddin Bozorov ilmiy rahbarligida qoʻy suti va uning foydali jihatlari boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqda.

Tadqiqotchining Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston, AQSH kabi davlatlarning nufuzli jurnallarda oʻnga yaqin maqolalari nashr etilgan. Hayvonlar fiziologiyasi fanidan Respublika olimpiadasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

M. Turdimurodova olib borayotgan oʻz tadqiqotlari boʻyicha quyidagilarni soʻzlab berdi:

— Qoʻy suti sigir sutiga nisbatan ancha foydali. U xolesterin darajasini pasaytirish, suyaklarni mustahkamlash, immunitetni oshirish, oʻsish va rivojlanishni yaxshilash, tugʻma nuqsonlarni oldini olish, yalligʻlanishni kamaytirish, saratonga qarshi kurashish kabi foydali jihatlarga ega, — deydi magistr Mahliyo Turdimurodova. — Bundan tashqari, qon bosimni pasaytiradi. Qoʻy suti butun dunyo boʻylab ming yillar davomida oziq-ovqat sifatida ishlatilgan. U sigir suti kabi keng tarqalmagan boʻlsa-da, ancha mashhur. 

Baʼzi mintaqalarda, xususan, Izroil, Braziliya, Niderlandiya kabi davlatlarda isteʼmol uchun asosiy manbaga aylangan. Qoʻy suti dunyodagi mashhur pishloq, yogurt va turli xil ichimlik olishda ham foydalaniladi.

Qoʻy sutini isteʼmol qilinganda, oqsil, uglevodlar, foydali yogʻlar, muhim menirallar va vitaminlarga ega boʻladi. Koʻpchilik qoʻylarning sut berish vaqti cheklangan, yaʼni yil fasllariga va ozuqasining turiga qarab ulardan sifatli sut olish mumkin. 

Sut tarkibidagi A va Ye vitaminlari tanadagi antioksidantlar boʻlib, zaharli toksinlarni izlaydi va ularni organizmdan yoʻqotib yuboradi. Buning natijasida surunkali kasallik va stresslarning boshlanishini oldini oladi. 

Yana bir muhim jihati shundan iboratki, Ye vitamin terining salomatligini taʼminlash uchun ham xizmat qiladi. Qoʻy suti tarkibidagi oqsil, boshqa hayvon sutidagi oqsil miqdoriga qaraganda koʻp boʻladi. 100 gram sutda 5,4 gr. oqsil bor. 

Ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida qoʻy va sigir sutlaridagi vitamin moddalarni tahlil qildim. 100 gr. qoʻy sutida A vitamini 42 mg., B1- 78 mg., B2 - 0.37 mg., B5 - 040 mg., B12 - 0.72 mg., C - 4.14 mg., D - 0.16 mg. borligi aniqlandi. Sigir suti tarkibida esa A vitamini 40 mg., B1- 38 mg., B2 - 0.15 mg., B5 - 0.32 mg., B12 - 0.33 mg., C - 1.0 mg., D - 0.07 mg.

Yuqoridagi statistik maʼlumotlarga eʼtibor qiladigan boʻlsak, qoʻy suti sigir sutiga nisbatan 1-1,5 barobar boy vitaminga ega ekan. Shuning uchun ham qoʻy suti sigir sutiga qaraganda isteʼmol qilinganda oson va tez hazm boʻladi.

Samarqand davlat universiteti axborot xizmati xodimi

Behruz Shamsiddinov yozib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер