Qodirov Mirzoxidjon SSV huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Qodirov Mirzoxidjon Muxtarovich vazirlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
M. Qodirov 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy oʻquv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan.
Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qoʻmitasida yetakchi mutaxassis, qoʻmita raisi oʻrinbosari, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
M. Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, Oʻzbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini taʼminlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat koʻrsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda oʻz ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring