Qiziriq tumaniga IIB boshligʻi hokim etib tayinlandi

10:28 28 Yanvar 2025 Jamiyat
424 0

Sherxon Allamurotov Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Qiziriq tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov 2024-yilning aprelidan buyon tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganini bildirdi.

Sherxon Allamurotov 1986-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Faoliyati davomida IIOda turli vazifalarda, xususan, viloyat IIBda boʻlim boshligʻi, Jarqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер