“Qizilqum” “Bunyodkor” bilan, “Sevinch” esa “Soʻgʻdiyona” bilan oʻynaydi
Bugun, 17-oktyabr kuni ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasining yarim final oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Qurʼa natijalariga koʻra, Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasi ayni paytda Oliy ligada peshqadam boʻlib turgan “Sevinch” klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyin Jizzaxda oʻtishi belgilandi.
“Qizilqum” va “Bunyodkor” jamoalari esa ikkinchi juftlikni tashkil etdi. Ushbu oʻyin Navoiyda boʻlib oʻtishi belgilandi.
Maʼlumot uchun, yarim final oʻyinlari noyabr oyida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring