Qizil kitobga kiritilgan 3 bosh jayron fuqaro uyida saqlangani aniqlandi

15:55 16 Yanvar 2022 Jamiyat
1991 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga berilgan maʼlumotga koʻra, Nukus shahridagi A.Begimov koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz uyida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 3 bosh jayronni saqlayotgani maʼlum qilindi.

Holat yuzasidan joriy yilning 14-yanvar kuni ishchi guruh tuzilib, aytilgan manzil boʻyicha «Shayirlar ovuli» MFY profilaktika inspektori va «Shayirlar ovuli» MFY boshligʻi, nazorat inspeksiya bilan birgalikda vaziyat oʻrganildi.

Natijada haqiqatdan ham mazkur manzilda sut emizuvchilar turiga kiruvchi 3 bosh jayron borligi aniqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 3 bosh jayronni parvarish qilayotgan fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunidagi 38-moddada koʻrsatilgan yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish, yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga koʻchirishga, fauna uchun yangi boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirishga, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini oʻtkazishga davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ilmiy va xoʻjalik maqsadlarida yoʻl qoʻyiladi. 

Yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlangani boʻyicha tushuntiruv ishlari olib borildi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, 3 bosh jayronni Davlat ekologiya qoʻmitasining Quyi Amudaryo davlat Biorezervatining «Nazarxan» OFYda joylashgan volyerda vaqtincha saqlash uchun olib borildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер