Qishning soʻnggi kunlari va bahorning birinchi kuni Oʻzbekistonda beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi

12:34 26 Fevral 2024 Jamiyat
283 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” agentligi mamlakatimizda 2024-yilning 26-29-fevral va 1-mart kunlari kutilayotgan ob-havo bashoratini taqdim qildi.

Unga koʻra, qishning soʻnggi kunlari va bahorning birinchi kuni Oʻzbekiston hududida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi.

Jumladan, 26-29-fevral va 1-mart kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shu kunlarda respublika boʻyicha meʼyordan 2-5 darajaga past boʻlgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.

Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 28-fevral va 1-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер