“Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlarda 191 nafar shifokor ish boshladi

18:09 26 Oktyabr 2022 Siyosat
698 0

Foto: president.uz

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident raisligida sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari sohada qilinishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab berdi.

Birlamchi boʻgʻinni mahallagacha tushirish boʻyicha boshlagan islohotlar samarasini oshirish lozimligi qayd etilib, oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish topshirildi.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlarda 191 nafar shifokor ish boshladi. Yana 171 ta boʻsh oʻrinni toʻldirish vazifasi qoʻyildi.

Shifoxonalarda tugʻruq oʻrinlarini koʻpaytirish, respublika boʻyicha 46 ta tumanlararo perinatal markazni tashkil etish ishlarini tezlashtirish topshirildi.

Tez tibbiy yordamda chaqiruvga yetib borish vaqti 3 barobarga, xarajatlar 25 foizga qisqarishiga qaratilgan Prezident qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga koʻrsatma berildi.

Yigʻilishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hokimlar, sohaga masʼullar va ixtisoslashgan markazlar rahbarlarining hisoboti eshitildi. Ular yil yakuniga qadar va kelgusi yil uchun rejalarini ham batafsil tushuntirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер