Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatida oʻzgarish boʻladi, vazir oʻrinbosarlari soni yana oshadi

00:21 25 Fevral 2021 Hujjatlar
2543 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini yana-da mustahkamlash maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasida:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va unga boʻysunuvchi markaziy apparatdagi 16 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:

agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga masʼul boʻlgan vazir oʻrinbosari lavozimi kiritiladi;

Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi;

Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirish agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga masʼul boʻlgan vazir oʻrinbosariga yuklatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер