Qishloq xoʻjaligi sohasining fidoyi vakillari munosib ragʻbatlantirildi
Poytaxtimizda 11-dekabr — Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan tantanali bayram tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida fidoyilik bilan samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillari koʻkrak nishonlari va sovgʻalar bilan munosib taqdirlanishdi.
Mukofotlarni Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitovlar topshirishdi.
Taqdirlanganlar “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” , “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi”, koʻkrak nishoni va mukofotlariga sazovor boʻlishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring