Qishloq xoʻjaligi: 34,1 mlrd. soʻmlik 33 ta ilmiy loyihaning bajarilishi yakunlangan
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida koʻplab ilmiy loyihalar moliyalashtirilib kelinmoqda.
Hozirda ilmiy tashkilotlar tomonidan “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit muhofazasi” fanlari yoʻnalishi boʻyicha umumiy qiymati 226 mlrd. 889 mln. soʻmlik 165 ta loyihalar bajarilmoqda.
Xususan, 137 ta – amaliy; 13 ta – innovatsion; 7 ta – fundamental; 10 ta – xalqaro qoʻshma (“Oʻzbekiston-Hindiston” – 3 ta, “Oʻzbekiston-Belarus” – 1 ta, “Oʻzbekiston-Vengriya” – 1ta, “Oʻzbekiston-Yaponiya” – 4 ta, “Oʻzbekiston-Xitoy” – 1 ta) loyihalar bajarilmoqda.
Umumiy qiymati 34,1 mlrd. soʻmlik 33 ta ilmiy loyihalarning bajarilishi yakunlangan. Hozirgi kunda muhim ilmiy natijalarni tijoratlashtirish choralari koʻrilmoqda.
“Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit muhofazasi” fanlari yoʻnalishi boʻyicha umumiy qiymati 2,0 mlrd. soʻm boʻlgan 1 ta tematik mavzuda tanlovlar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring