Qishdagi oʻrmon yongʻinlari
Avstraliya janubi-sharqidagi Tasmaniya shtatida kuchli oʻrmon yongʻinlari kuzatilyapti. Oqibatda 400 dan ortiq kishi xavfsiz joylarga koʻchirilgan, deb xabar berdi Nine News manbasi.
Qutqaruv xizmati maʼlumotlariga koʻra, olov 20 gektardan ortiq maydonni qoplab olgan. Bu voqeadan jabrlangan tuman aholisi Xuonvilldagi evakuatsiya markaziga vaqtinchalik olib ketilgan.
Tasmaniyaning barcha hududlarida esa gulxan yoqish va oʻrmonga borish taqiqlab qoʻyilgan. Milliy parklar va qoʻriqxonalarning aksariyati yopilgan. Xabar berilishicha, yongʻin tutuni Yangi Zelandiya sohillarigacha yetib borgan. Sinoptiklarning prognoziga koʻra, bugun ob-havo sharoiti yanada yomonlashib, harorat Selsiy boʻyicha 33 darajaga, shamol tezligi 40 km./soatgacha yetadi.
Ob-havo noqulayligi tufayli oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni bartaraf eta olishmayapti. Ushbu ofatga qarshi kurashishga nafaqat avstraliyalik, balki Yangi zelandiyalik oʻt oʻchirish jamoalari ham jalb etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring