Qish chillasida Surxonda bodom gulladi
Sariosiyo tumanidagi “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi hududida achchiq bodom daraxti gulladi.
Qish faslining bu vaqtida, qolaversa, qishning qahraton sovugʻi hukm surayotgan bir paytda bodomning uygʻonishi kamdan kam kuzatiladigan tabiat hodisasi sanaladi. Agar daraxt toʻliq uygʻonsa, hali oldinda turgan sovuqlar taʼsiri uni nobud qilishi muqarrar.
Xoʻsh, bunday sharoitda nima qilish kerak? Tajribali bogʻbonlarning taʼkidlashicha, bodomning erta uygʻonishi va gulini sovuq urmasligi uchun ohakka soz tuproq qoʻshib, tanasini oqlash lozim. Oq rang quyosh nurining tanaga toʻgʻridan-toʻgʻri tushish darajasini pasaytirib, natijada daraxt kechroq uygʻonishini taʼminlaydi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring