Qirgʻizistondagi zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi
Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 26-avgust kuni Qirgʻiz Respublikasi Botken viloyatida, soat 15:31 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining Episentrda sezilish kuchi 5 ballni tashkil qilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,1 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 287 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Quvasoy shahrida 2 ball, 57 km;
- Fargʻona tumanida 2 ball, 61 km;
- Fargʻona shahrida 2 ball, 68 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring