Qirgʻizistonda qalbaki pullarni sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
Qirgʻizistonda qalbaki pul kupyuralarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanib kelgan xalqaro jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Open.kg Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga (MXDQ) tayanib xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, tashkilot bir nechta davlat hududida faoliyat yuritib, yuqori sifatli qalbaki kupyuralar tayyorlagan va ularni murakkab aloqalar tarmogʻi orqali pullab kelgan.
Maxsus operatsiya davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari qoʻlga olindi. Ulardan katta miqdordagi qalbaki chet el valyutasi va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 233-moddasi (Pul va qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, gumonlanuvchilar hibsga olingan.
Hozirda jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilarini hamda qalbaki kupyuralarni sotish kanallarini aniqlashga qaratilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring