Qirgʻizistonda may oyida koʻplab zilzilalar qayd etilishi taxmin qilinmoqda

12:17 29 Aprel 2020 Dunyo
1258 0

Qirgʻizistonlik olimlar respublikada seysmik faollikning mavsumiy choʻqqisini qayd etishmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 5 ballgacha boʻlgan zilzilalar Issiqkoʻl, Norin va Jalolobodda kuzatilgan.

“MIR 24”ning qayd etishicha, ushbu holat may oyining oxirigacha davom etadi. Ammo seysmologlarning taʼkidlashlaricha, fuqarolarga hech narsa tahdid solmaydi, halokatli holatlar kuzatilmaydi.

«Bu davrda moʻtadil zilzilalarning koʻpayishi Yerning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq. Gap shundaki, yil davomida Yerning aylanish tezligi oshadi. Eng past tezlik esa aprel va noyabr oylariga toʻgʻri keladi. Zilzilalar soni esa ayni shu holat bilan bogʻliq. Xoʻsh, bu kuchli zilzila boʻlishini anglatadimi? Menimcha, yoʻq, vaholanki, kuzatilgan barcha seysmik silkinishlar hozirgacha belgilangan normaga toʻgʻri kelmoqda”, deydi Qirgʻiziston Seysmologiya instituti direktori Kanatbek Abdurahmatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер