Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 4 mingga yaqinlashdi

22:33 25 Iyun 2020 Dunyo
979 0

Qirgʻizistonda 25-iyun holatiga koʻra, yana 228 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 113 nafari Bishkek shahri hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish boʻyicha yangi holatlar qayd etilgan:

  • Chuy viloyati — 24;
  • Oʻsh viloyati — 31;
  • Oʻsh shahri — 32;
  • Norin viloyati — 1;
  • Jalolobod viloyati — 10;
  • Issiqkoʻl viloyati —12;
  • Talas viloyati — 3.

Butun mamlakat boʻylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3954 kishiga yetdi, ularning 43 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2112 nafar bemor davolanishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер