Qirgʻizistonda koronavirus sabab Navroʻz bayrami nishonlanmaydi
Qirgʻizistonda Navroʻz umumxalq bayrami koronavirus xavfi tufayli bekor qilindi, deb xabar bermoqda 24.kg nashri.
Bosh vazir oʻrinbosari Oltinay Omurbekovaning taʼkidlashicha, bu qaror respublika shtab-kvartirasi yigʻilishida muhokama qilingan.
“Ilgari vaqtincha ommaviy yigʻinlarni cheklash boʻyicha tavsiyalar berilgan. Endi bu haqda qaror qabul qilindi. Unda ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navroʻz bayrami vaqtincha cheklanganligi aytilgan”, deydi Bosh vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, Oltinay Omurbekova “Gʻalaba kuni”ga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish-oʻtkazmaslik haqda biror gap aytmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring