Qirgʻizistonda “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkilotining oʻzbekistonlik yetakchisi qoʻlga olindi

08:35 10 Noyabr 2021 Jamiyat
839 0

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan mamlakat janubida yashirin ekstremistik tarmoq tashkil etgan “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti yetakchisi qoʻlga olindi. Bu haqda Akipress xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olingan fuqaro shaxsini tasdiqlovchi qalbaki hujjatdan foydalanib, Qirgʻiziston hududida yashiringan.

Xabarda 2021-yil 4-noyabr kuni Oʻsh shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi.

Toʻplangan dalillar asosida Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 98-moddasiga asosan u Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер