Qirgʻizistonda davlat boshqaruvi shakli oʻzgaradi

11:21 15 Yanvar 2021 Dunyo
1034 0

Qirgʻizistonda oʻtkazilgan referendum yakunlari eʼlon qilindi. 

Ushbu mamlakat markaziy saylov komissiyasi byulletenlarning 99,80 foizi qoʻlda sanab chiqilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, fuqarolarning 80 foizidan ziyodi mamlakatni parlamentar boshqaruv tizimidan prezidentlik boshqaruv shakliga oʻtkazilishiga rozi ekanligini bildirgan.

Aniqroq aytganda, saylovchilarning 81,44 foizi davlat boshqaruvining yangi tuzumini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, 10,92 foizi eski tartibda qolishni maʼqul deb topgan, 4,47 foiz elektorat vakili barcha variantlarga qarshi ovoz bergan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер