Qirgʻizistonda bir kunda 28 kishi koronavirusdan vafot etdi

21:21 26 Iyul 2020 Dunyo
1326 0

Qirgʻizistonda bir kecha-kunduzda 689 kishida koronavirus aniqlandi va 28 nafar bemor vafot etdi.

“2020-yil 26-iyul holatiga koʻra respublika boʻyicha yangi 689 ta SOVID-19 holati qayd etilgan, shundan 190 nafari Bishkekda aniqlangan”, — dedi koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi vakili.

Oʻtgan bir sutkada koronavirusdan 1185 kishi tuzalgan.

Yangi kasallanganlar orasida 28 nafari tibbiyot xodim ekanligi taʼkidlanmoqda. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi davrida jami 2661 nafar tibbiyot xodimi virusni yuqtirib olgan.

Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19 holati bilan koronavirusga test natijalari salbiy chiqqan shifoxonadan tashqari pnevmoniya bemorlari statistikalarini umumlashtirishga qaror qildi. Shunga koʻra, hozirda Qirgʻizistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 32 813 kishiga yetdi. 1277 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер