Qirgʻiziston rahbari saylovida Sadir Japarov gʻolib boʻldi. Uni hozirgacha kimlar tabrikladi?

13:30 11 Yanvar 2021 Dunyo
1219 0

10-yanvar kuni Qirgʻizistonda muddatidan oldin prezident saylovlari boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, ushbu kunda mamlakat boshqaruvida prezidentlik yoki parlamentni tanlash boʻyicha referendum oʻtkazildi.

Davlat rahbari lavozimiga 17 nomzod daʼvogarlik qildi.

Saylov natijalariga koʻra, Sadir Japarov Bishkekda 80 % ovoz toʻplab, Qirgʻizistondagi navbatdan tashqari prezident saylovlarida gʻolib boʻldi, deyiladi “TASS” xabarida.

Saylovlarda blyuttenlarning koʻpligi boʻyicha ikkinchi oʻrinni tadbirkorBobirjan Toʻlboyev, uchinchi oʻrinni Adaxan Madumarovlar egalladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, saylovlarda ishtirok etish 39,75 foizni tashkil etgan.

Saylov bilan parallel ravishda oʻtkazilgan boshqaruv shakli boʻyicha referendumda esa, 97,82% saylov uchastkalari maʼlumotlari oʻrganilgan. Natijalarda esa ovozlarning 80,99% prezidentlik shaklini qoʻllab-quvvatlagani aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Sadir Japarovni hozirgacha Afgʻoniston, Qozogʻiston va Rossiya davlat rahbarlari ushbu muvaffaqqiyat bilan tabrikladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер