Sadir Japarov Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu haqda Sputnik manbasi Qirgʻiziston mamlakat TIV matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
22-fevral kuni boʻlib oʻtgan onlayn muzokarada Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Nuran Niyozaliyev va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Farhod Arziyev boʻlajak tashrifni muhokama qildilar.
Tomonlar Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tayyorlash, mazmuni va oʻtkazilishiga alohida eʼtibor berishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring