Qilichbozlik: yurtdoshlarimiz jamoaviy dasturda ham oltin medallarga sazovor boʻldi
Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qizlar oʻrtasida kechgan bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dogʻda qoldirib, oltin medallarga sazovor boʻldi. Hamyurtlarimiz final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Eslatib oʻtamiz, yakkalik yoʻnalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring