Qidiruvdagi jinoyatchi hibsda

22:11 30 Aprel 2020 Jamiyat
794 0

Hazorasplik muqaddam sudlangan Q. Sherzod jazo muddatini oʻtagan boʻlsa-da, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarmadi, aksincha, yana jinoyatga qoʻl urdi. U jazodan qutulib qolish maqsadida tergov boʻlimiga bormasdan, yashirinishni lozim topdi. Shundan soʻng tuman IIB tomonidan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Bezorilik hamda talonchilik jinoyatlarini sodir qilib, tergov organlaridan qochib yurgan bu kimsa oʻzini qanchalik ustamon bilmasin, tezkor xodimlarni chalgʻita olmadi. U tuman IIB JQB tezkor vakili, kapitan Qahramon Quryozov va tergov boʻlimi katta tergovchisi, katta leytenant Shoxruh Nurmetov tomonidan tuman hududida qoʻlga olindi.

Ayni kunda Q. Sherzodga nisbatan yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер