Qidiruvdagi fuqaro ehtiyot chorasi sifatida hibsga olindi
Foto: Shodiyor Mutaharov / Xalq so'zi
Elimiz qingʻir ishning qiyigʻi qirq yildan keyin ham chiqadi, deb bejiz aytmaydi. Zotan, bu hayotning adolat tarozisi egrilikni kasb qilganlarni hech qachon gʻoliblar qatoriga qoʻymaydi.
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Toshkent viloyati YHXBning roʻyxat va imtihon olish boʻlimiga haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish maqsadida murojaat etgan, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro A.X.ning bu gal omadi chopmadi. Nega deysizmi?
Soha xodimi tomonidan mazkur fuqaro xususidagi maʼlumot bazaga kiritilganida, fuqaro A.X.ning boʻynida illati borligi maʼlum boʻldi. Markazlashgan dasturda qayd etilishicha, u JKning 168-moddasi 2- qismida koʻrsatilgan jinoyatni - firibgarlikni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvdaligi ochiqlandi. Tezkor choralar natijasida viloyat YHXBning boʻlim xodimi tomonidan gumondor shaxs ehtiyot chorasi sifatida hibsga olindi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring